"Real" rahbarlari yarim himoyachi Jud Bellingemdan xavotirda. Daily Mail nashrining Marca nashriga tayanib xabar berishicha, "qaymoqranglilar" bosslari Bellingemning o‘yinidagi pasayishdan xavotirda.
Bellingem debyut mavsumini ajoyib o‘tkazdi, ammo ikkinchi mavsumda unchalik yorqin bo‘lmadi. Manbaga ko‘ra, "Real"da Judning yaxshiroq formaga qaytishi borasida ko‘plab bahslar bo‘lib o‘tgan.
Hattoki, tez orada klubni tark etadigan Karlo Anchelotti ham Bellingem bilan muloqot qilib, uning pasayishiga futbolga aloqador bo‘lmagan qandaydir omillar bor-yo‘qligini bilmoqchi edi.
"Real" Bellingemdan futbol maydonida reaksiya kutmoqda va buni ko‘rishiga ishonmoqda.