Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Belgradda Toshkent ko‘chasi bo‘ladi

Belgradda Toshkent ko‘chasi bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi bo‘ldi.

Etakchilar mazkur qaror bugun strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali munosabatlarining jadal rivojlanib borayotganining ifodasi ekanini ta’kidladilar.

Toshkent ko‘chasi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

Kiritildi: 21:15 08.09.2026. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!