O‘zbekiston rasmiylarining iltimosiga binoan Belgiyada xalqaro tergovga javoban 200 million dollar musodara qilingan. Mablag‘larning bir qismi, ya’ni 108 million dollar O‘zbekistonga qaytariladi. Bu haqda Belgiya prokuraturasi xabar berdi.
Gap O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan korrupsiya va pul yuvish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida Belgiyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘lar haqida ketmoqda. U telekommunikasiya shartnomalarini tuzish jarayonida noqonuniy yo‘llar bilan olingan vositachilik pullari hisoblanadi.
Bryussel Qirollik prokurori 28 mart kuni 108 million dollarni Belgiya davlat g‘aznasi hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida so‘rov yuborgan. Keyinchalik Bryussel prokuraturasi ushbu mablag‘larni ikki davlat o‘rtasida taqsimlashga qaror qilgan. Bunday usul Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasida musodara qilingan daromadlarni taqsimlashda qo‘llaniladi. Natijada O‘zbekistonga 108 million dollar o‘tkaziladi.