Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Belgiya Falastinni tan oladi va Isroilga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘llaniladi

Belgiya Falastinni tan oladi va Isroilga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘llaniladi

Belgiya sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyasida Falastin davlatini tan oladi.

Bu haqda Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"Belgiya BMT sessiyasida Falastinni tan oladi! Va Isroilga nisbatan qattiq sanksiyalar qo‘llaniladi. HAMAS tarafdorlari tomonidan har qanday antisemitizm yoki terrorizmni ulug‘lash ham keskin qoralanadi", deb yozgan u.

Qayd etilishicha, Falastin davlatini tan olish Fransiya va Saudiya Arabistonining qo‘shma tashabbusi doirasida amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!