Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Belarusdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi murojaati hal etildi

Belarusdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi  murojaati hal etildi


Joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari Ombudsman tashabbusi bilan Minsk shahridagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Uchrashuvda muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi homilador ekani, tergov hibsxonasi sharoitida farzandi dunyoga kelganidan so‘ng uni zarur darajada parvarishlash imkoniyati cheklanganini bildirib, bolaning O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari qaramog‘ida bo‘lishini istashini ma’lum qilgan.

Murojaat nazoratga olinib, farzand tug‘ilganidan so‘ng tegishli davlat organlari va O‘zbekistonning Belarus Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi, MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida zarur huquqiy hamda konsullik tartib-taomillari amalga oshirildi.

Natijada chaqaloqning O‘zbekistonga qaytarilishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Joriy yil iyul oyida chaqaloq yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Kiritildi: 20:26 15.07.2026. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!