Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 mln $ga yetkazish kerak

A A A
Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 mln $ga yetkazish kerak

Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 mln $ga yetkazish kerak

Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Golovchenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yildan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 baravarga o‘sdi. Belarus O‘zbekiston mahsulotlari yetkazib berilishini oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Gap birinchi galda yigirilgan ip, metall, meva va sabzavot mahsulotlari haqida bormoqda, Belarusda bu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori.

Abdulla Aripov O‘zbekiston Belarus bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

“Belarus an’anaviy ravishda O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkoridir. Iqtisodiyotlarimiz bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi”, - dedi Aripov.

Kiritildi: 12:40 25.04.2022. O'qildi: 2105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik