Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 6 noyabr kuni BAAning Dubay shahrida ringga qaytadi. U Muka Boxing tomonidan tashkil etiladigan professional boks oqshomida ishtirok etadi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomida turgan hamyurtimiz titul uchun jangni kutish davrida yana bir bahs o‘tkazishga qaror qilgan.

Meliqo‘ziyev Xayme Mungiya va Nikita Zon o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin chempionlik imkoniyatini qo‘lga kiritishni kutmoqda.

Hozircha o‘zbekistonlik bokschining Dubaydagi raqibi ma’lum emas. Tashkilotchilar uning nomini yaqin kunlarda e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:49 31.10.2026. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!