Shifokorlar uyqu sifatini yaxshilaydigan va yomonlashtiradigan mahsulotlarni ma’lum qildilar.
Xandon pista melatonin - uyqu gormoni, shuningdek, magniyning eng yuqori tabiiy tarkibiga ega ozuqalardan biridir. Yana bir sog‘lom yegulik banan bo‘lib, triptofan, magniy va kaliyga boydip, ular serotonin va melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Tovuq go‘shti past yog‘liligi tufayli kechki taom uchun ayni muddao.
Shifokorlar, shuningdek, yaxshi uyquga xalaqit beradigan ovqatlar haqida aytishdi. Ushbu ro‘yxatga yuqori kislotaliligi sabab ananas, siydik haydovchi xususiyatli tarvuz, qovun va avakado kiritilgan.