Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bayden o‘z memuarlarida Zelenskiyni noshukur va qaysar deb atadi

Bayden o‘z memuarlarida Zelenskiyni noshukur va qaysar deb atadi


Newsweek nashrining yozishicha, AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden o‘z xotiralar kitobida Vladimir Zelenskiyni qattiq tanqid qilgan.

Baydenning ta’kidlashicha, Ukraina rahbarining aktyorlik tajribasi ommaviy siyosatda qo‘l kelgan bo‘lsa-da, yuzma-yuz suhbatlarda u o‘zini noshukur, injiq va o‘jar tutgan.

Xususan, sobiq prezident Zelenskiyning ko‘rsatilayotgan yordamni yetarlicha qadrlamasdan, Vashingtondan tinimsiz yangi qurollar hamda moliyaviy mablag‘ talab qilaverganidan norozi bo‘lganini yozgan.

Kiritildi: 20:00 15.11.2026. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik