Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Baxtiyor Saidov Tbilisida Gruziya ta’lim, fan va yoshlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Tbilisida Gruziya ta’lim, fan va yoshlar vaziri bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya ta’lim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, yoshlar bilan ishlash, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida institusional hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Yoshlar va ta’lim — O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi kelajakka yo‘naltirilgan, innovasion va inson salohiyatini oshirishga qaratilgan munosabatlarning asosiy ustunlaridan biridir, — deb yozadi TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida.
Kiritildi: 16:43 10.07.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!