Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Bavariya" yulduzi Krishtianu Ronaldu jamoasiga o‘tdi

"Bavariya" yulduzi Krishtianu Ronaldu jamoasiga o‘tdi

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman "An-Nasr"ga o‘tdi, deya xabar bermoqda Saudiya klubi matbuot xizmati.

Avvalroq, transfer 35 million yevroga tushishi, 29 yoshli fransuzning o‘zi esa bir mavsumda 20-25 million yevro atrofida maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Koman "Bavariya" safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. U 339 ta o‘yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Myunxenliklar tarkibida vinger to‘qqiz marta Bundesligada, olti marta Superkubokda va uch marta mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Koman bir martadan Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 10:03 16.08.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!