Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Bavariya" 100 million taklif qilmoqda, "Bayer" 150 million xohlamoqda

"Bavariya" 100 million taklif qilmoqda, "Bayer" 150 million xohlamoqda

"Bavariya" Florian Virsning transferi ustida ish boshladi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, myunxenliklar jamoasi 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash borasida "Bayer" bilan muzokaralarni boshlagan. "Bavariya" kelishuvni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishigacha yakunlash niyatida.

Qayd etilishicha, "Bayer" Virsni kamida keyingi mavsumda jamoada saqlab qolishga harakat qiladi va u uchun 150 million yevro talab qilishi mumkin.

Avvalroq "Bavariya" yarim himoyachi uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, klub futbolchi bilan oldindan kelishuvga erishgan.

Kiritildi: 05:42 13.05.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!