Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" yulduzi katta ehtimol bilan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Barselona" yulduzi katta ehtimol bilan "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Barselona" yarim himoyachisi Daniel Olmo Ispaniya terma jamoasi safida mushaklaridan olgan jarohati tufayli 3 haftaga yaqin maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchining La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yinda (26 oktyabr) maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Bundan tashqari, Olmo Ispaniya chempionatida "Jirona"ga qarshi o‘yinni (18 oktyabr) va Chempionlar ligasida "Olimpiakos"ga qarshi bahsni (21 oktyabr) o‘tkazib yuborishi mumkin.

Olmo joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:19 10.10.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!