Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Barselona yaqinida avtobus 20 metrlik qiyalikdan ag‘darilib ketdi: 80 ga yaqin kishi jarohatlandi

Barselona yaqinida avtobus 20 metrlik qiyalikdan ag‘darilib ketdi: 80 ga yaqin kishi jarohatlandi

Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida yo‘lovchi avtobusi yengil avtomobil bilan to‘qnashuvdan so‘ng yo‘ldan chiqib ketib, 20 metrlik qiyalikdan pastga quladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 80 ga yaqin kishi turli darajada jarohat olgan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Favqulodda hodisa yakshanba kuni kechqurun Montseni tabiiy parki hududidagi Fogars-de-Montklyus munisipaliteti yaqinidagi tor tog‘ yo‘lida sodir bo‘lgan. Avtobus Sant-Seloni va Fogars-de-Montklyus aholi punktlari o‘rtasida muntazam qatnovni amalga oshirayotgan edi.

Kataloniya shoshilinch tibbiy yordam xizmatining xabar qilishicha, jarohatlanganlarning 18 nafari o‘rtacha og‘irlikda, qolganlari esa yengil jarohat olgan. Jabrlanganlarning barchasi yaqin atrofdagi kasalxonalarga joylashtirildi. Voqea joyida qutqaruvchilar, 15 dan ortiq tez yordam brigadasi va ikkita tibbiy vertolyot ish olib bordi.

Kiritildi: 20:35 26.10.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!