Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» – «Xetafe» o‘yinida Falastin bayrog‘ini ko‘targan muxlis maydonga tushdi (foto)

«Barselona» – «Xetafe» o‘yinida Falastin bayrog‘ini ko‘targan muxlis maydonga tushdi (foto)

"Barselona"ning "Xetafe"ga qarshi o‘yinida Falastin bayrog‘ini ko‘targan muxlis maydonga yugurib chiqdi.

La Liganing 5-turida kataloniyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

62-daqiqada Dani Olmo "Barselona"ning 3-golini urgan vaqtda "Estadi Johan Cruyff" maydoniga Falastin bayrog‘ini ko‘targan muxlis yugurib chiqdi. Muxlis xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Voqeadan so‘ng, "Xetafe" murabbiylar shtabi Olmoning golini bekor qilishni talab qildi, ammo hakam Rikardo Bengoechea baribir golni hisobga oldi va yugurib ketgan muxlis o‘yinga ta’sir qilmadi deb hisobladi. Hakam bilan tortishuvdan so‘ng "Xetafe" bosh murabbiyi yordamchisi Patrisio Moreno qizil kartochka oldi.

«Barselona» – «Xetafe» o‘yinida Falastin bayrog‘ini ko‘targan muxlis maydonga tushdi (foto)

Kiritildi: 09:00 22.09.2025. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!