Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" va "Real" o‘rtasida bu transfer uchun qattiq kurash bo‘ladi

"Barselona" va "Real" o‘rtasida bu transfer uchun qattiq kurash bo‘ladi

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi "Barselona" va Madridning "Real" klubi qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. La Liganing har ikki grandi kelasi yilning yanvar oyida inglizni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live Sun Sport nashriga tayanib. Yanvar oyidan boshlab "burgutlar" sardori istalgan xorijiy klub bilan shartnoma oldidan kelishuv tuzish huquqiga ega bo‘ladi, bundan "ko‘k-anorranglilar" va "qaymoqranglilar" foydalanib ko‘rishi mumkin.

Yozda Mark Gexi "Liverpul" bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, biroq kelishuv so‘nggi pallada barbod bo‘ldi. 25 yoshli futbolchiga "Bavariya" ham da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: 09:58 04.09.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!