Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

"Barselona" o‘z futbolchisi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi

"Barselona" o‘z futbolchisi bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma 2030 yilning iyunigacha amal qiladi.

Pedri 22 yoshda va joriy mavsumda “Barselona” safida barcha rasmiy turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchining klub bilan tuzgan avvalgi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amalda edi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" avvalroq urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirgan edi. "Barselona" yaqin orada Inigo Martines va Lamin Yamal bilan shartnomalarini uzaytirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:47 30.01.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!