"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Futbolchiga Saudiya Arabistonining uchta klubi da’vogarlik qilmoqda. Qasadoning xizmatlariga "Al Ahli”, "Al Nassr" va "Al Hilol" qiziqish bildirmoqda. Xavbekning mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Mark Kasado "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi kataloniyaliklar safida 70 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ularda futbolchi bitta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.