Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Barselona" o‘liklar ortidan ham pul topmoqchi

"Barselona" o‘liklar ortidan ham pul topmoqchi

«Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida vafot etgan muxlislar xotirasini abadiylashtirishga mo‘ljallangan maxsus memorial majmua qurilishini e’lon qildi.

Maydondan bir necha metr uzoqlikda joylashadigan majmua 1500 kvadrat metr hududni egallaydi va sutkasiga 24 soat ochiq bo‘ladi.

Muxlislar yaqinlarining kuli solingan maxsus idishlarni kolumbariyga joylashtirishi yoki ular xotirasiga 10, 25 va 50 yillik yodgorlik lavhalari o‘rnatishi mumkin.

The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, majmuada kul saqlanadigan idishlar uchun 26 mingta maxsus joy ajratiladi.

Xizmat narxlari ham ma’lum:

  • 10 yilga joylashtirish — 2490 yevro;

  • 50 yilga joylashtirish — 6000 yevro;

  • Doimiy joylashtirish — 10 000 yevro va yiliga 70 yevro xizmat haqi;

  • Xotira lavhasi — 490 yevro.

«Ushbu memorial «Barselona»ni hayotining bir qismiga aylantirgan insonlar xotirasini saqlash uchun yaratilmoqda. Bu yerda klub tarixi va muxlislarning shaxsiy xotiralari birlashadi», — deyiladi kataloniyaliklar bayonotida.

Loyiha Més Que Un Memorial kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 23:36 12.11.2026. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik