Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" rahbari Yamal haqida muhim bayonot berdi

"Barselona" rahbari Yamal haqida muhim bayonot berdi

17 yoshli vinger Lamin Yamal "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.

"Yamalda aql bovar qilmaydigan futbol iqtidori bor, u "Barselona"da o‘zini ajoyib his qilmoqda. U bilan yangi shartnoma imzolash deyarli kelishib olindi, bu rasman tasdiqlanishi kerak. Klubimiz futbolchilarga qo‘shgan hissasi uchun yaxshi maosh to‘laydi", - deydi klub rahbari.

Joriy mavsumda Lamin "ko‘k-anorranglilar"ning 53ta o‘yinida ishtirok etib, 17ta gol urdi va 25ta golga assistentlik qildi. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 15:06 18.05.2025. O'qildi: 1105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!