"Al-Hilol" "Barselona" vingeri Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, Saudiya grandi transfer uchun bonuslarni hisobga olgan holda 100 mln yevro to‘lashga tayyor. Agar Rafinyaning o‘zi jamoani tark etishga qaror qilsa, Kataloniya klubi xo‘jayinlari transferga to‘sqinlik qilmaydi.
Rafinya joriy mavsum "Barselona" safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda vinger 11 ta gol va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt braziliyalikning narxini 80 mln yevroga baholamoqda.