Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi yana Osiyoga qaytishi kutilmoqda

"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi yana Osiyoga qaytishi kutilmoqda

"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassis "Al-Ahli"ning hozirgi bosh murabbiyi Mattias Yaysle o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar short-listidan o‘rin olgan. Saudiya klubi parallel ravishda "Tottenxem"ning sobiq rahbari Ange Postekoglu bilan faol muzokaralar olib bormoqda va manbaga ko‘ra, u bilan muloqot allaqachon yuqori bosqichga o‘tgan.

Biroq, Xaviga bo‘lgan qiziqish jiddiyligicha qolmoqda - klub uni loyihaning potensial yetakchisi sifatida ko‘rmoqda, ayniqsa, Yaysle bilan bog‘liq noaniqlik fonida. 37 yoshli germaniyalik murabbiyning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan, ammo "Al-Ahli" uning kelishuvni uzaytirishni istamasligidan xavotirda.

Kiritildi: 09:15 15.06.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!