Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" Levandovski o‘rniga 3 ta superhujumchi topib qo‘ygan

"Barselona" Levandovski o‘rniga 3 ta superhujumchi topib qo‘ygan

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski haqiqatdan ham mavsum-2025/26 yakunlangach, klubni tark etishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es.

37 yoshli polshalikning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar uni uzaytirishni rejalashtirmayapti. Klub sport direktori Deku Robertni keyingi mavsumda jamoaning markaziy hujumchisi sifatida ko‘rmayapti.

Shuningdek, "Barselona" polshalik futbolchining o‘rniga hujumchilar ro‘yxatini tayyorlab qo‘ygani aytilmoqda. Unga Aleksandr Isak ("Liverpul"), Xulian Alvares ("Atletiko") va Erling Xoland ("Manchester Siti") kiradi, ammo ularning barchasi iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli "ko‘k-anorranglilar"ga hozircha to‘g‘ri kelmaydi.

Kiritildi: 08:50 07.09.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!