Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Qurilish vaziriga hayfsan berildi

Qurilish vaziriga hayfsan berildi
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident Administrasiyasi rahbari Adilbek Qosimaliyev Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntayevga hayfsan e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, intizomiy jazo vazir zimmasiga yuklatilgan mehnat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun qo‘llangan. Biroq rasmiy xabarda hayfsanning aniq sabablari ko‘rsatilmagan. Mazkur qaror ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonning Talas viloyatida yuz bergan janjal haqidagi xabarlar tarqalganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi. 22 avgust kuni Talas viloyatidagi “Manas Ordo” majmuasida qurilish ishlari vaqtida mojaro sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda ushbu voqeaga Nurdan Oruntayev hamda Talas viloyatidagi prezidentning vakolatli vakili Ermat Jumayev aloqador ekani aytilgan. Keyinroq voqea aks etgan videolar tarqaldi. Unda Oruntayev janjal ishtirokchilari o‘rtasidagi mojaroni ajratishga uringani ko‘rinadi. Talas viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan tekshiruv boshlangan. Janjal ishtirokchilari esa bir-biriga nisbatan da’volari yo‘qligini bildirgan. Shu bilan birga, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining Oruntayevga berilgan hayfsan aynan ushbu janjal bilan bog‘liq ekani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Kiritildi: 15:52 26.08.2026. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!