Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Dehliga yo‘l olgan Lufthansa samolyoti Bokuda shoshilinch qo‘ndi

Dehliga yo‘l olgan Lufthansa samolyoti Bokuda shoshilinch qo‘ndi
Frankfurtdan Dehliga yo‘l olgan Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti texnik nosozlik tufayli Bokuda shoshilinch qo‘ndi, deb xabar beradi Report nashri. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 25 avgustda Frankfurt – Dehli yo‘nalishida LH760 reysini amalga oshirayotgan Lufthansa samolyoti komandiri Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportga shoshilinch qo‘nishga ruxsat so‘ragan Aeroport matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bunga havo kemasi bortidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Boeing 787 samolyoti Boku vaqti bilan soat 23:26 da Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportga muvaffaqiyatli qo‘ngan Aeroportning tegishli xizmatlari barcha zarur choralarni ko‘rgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining xavfsizligi ta’minlangan.
Kiritildi: 15:42 26.08.2026. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!