Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Cobiq prezident Robert Kocharyan va uning o‘g‘li qo‘lga olindi

Cobiq prezident Robert Kocharyan va uning o‘g‘li qo‘lga olindi
Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan va uning katta o‘g‘li Sedrak Kocharyan Korrupsiyaga qarshi qo‘mita tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi. Shuningdek, Kocharyanlar oilasi bilan bog‘liq bir nechta o‘nlab manzillarda tintuv va boshqa tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Oilaga tegishli ayrim ob’ektlar ham muhrlangan. Armaniston Korrupsiyaga qarshi qo‘mitasi Kocharyan va uning yaqinlari davlat mulkini bozor qiymatidan ancha arzon narxlarda o‘zlashtirish hamda pora bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan sxemalar bo‘yicha tergov olib borayotganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish bo‘yicha 6 kishi ushlangan. Tergovdagi ayblovlar hali sudning yakuniy qarori bilan tasdiqlanmagan.
Kiritildi: 15:03 26.08.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!