Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Barselona" La Liga doirasidagi 1 ta o‘yinini AQShda o‘tkazish orqali qancha ishlab olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" La Liga doirasidagi 1 ta o‘yinini AQShda o‘tkazish orqali qancha ishlab olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

"Vilyarreal"ning "Barselona" bilan uchrashuvi AQShda bo‘lib o‘tishi mumkin. Klublar dekabr oyida La Liganing 17-turida Mayamida bo‘lib o‘tadigan o‘zaro o‘yinni okeanortida o‘tkazish uchun ariza berishdi va Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi bu so‘rovni ma’qulladi. RAC1 xabariga ko‘ra, agar reja amalga oshsa, "ko‘k-anorranglilar" AQShdagi har bir o‘yin uchun taxminan 5-6 mln yevro ishlab oladi.

O‘tgan mavsumda "Barselona" Ispaniya chempionatida "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallagan edi. "Vilyarreal" beshinchi bo‘ldi va u ham Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

16 avgust kuni Kataloniya grandi La Liga yangi o‘yinining birinchi turi doirasida "Malyorka" mehmoni bo‘ladi, bir kun avval "sariq suvosti kemasi" o‘z uyida "Real Ovyedo"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:52 12.08.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!