Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

«Barselona» futbolkasida Afrika mamlakati nomi paydo bo‘lishi mumkin

«Barselona» futbolkasida Afrika mamlakati nomi paydo bo‘lishi mumkin

Ispaniyaning «Barselona» klubi Kongo DR bilan yirik homiylik shartnomasi tuzishga yaqin turibdi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar to‘rt yil davomida 11 mln yevrodan (jami 44 mln yevro) oladi, deb yozdi Mundo Deportivo.

«Barselona» libosiga «Kongo DR — Afrika yuragi» degan logotip tushiriladi, maqsad — mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilish. Iyunda «Monako» (Fransiya) shunday shartnoma tuzgandi.

Ma’lumot uchun: Kongo Demokratik Respublikasi chindan ham Afrika qit’asining deyarli qoq markazi — yuragida joylashgan. Yirik mamlakat — Afrikada hududi kattaligi bo‘yicha ikkinchi, aholisi soniga ko‘ra uchinchi o‘rinda turadi. Mis, kobalt va uranga boy, ammo jahonning eng qashshoq besh mamlakatidan biri sanaladi. Mamlakat aholisining 65 foizi kuniga 2,15 dollardan kam sarflovchilar qatoriga kiradi. Jahon banki ta’kidlashicha, Kongo DR Afrikaning eng boy mamlakatlaridan biriga aylanish uchun yetarlicha resurs va salohiyatga ega.

Kiritildi: 17:05 17.07.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!