“Barselona” himoyachisi Alexandro Balde qishki transfer oynasida Kataloniya klubini tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Sport.es nashri xabar berishicha, futbolchi bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi. Ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda jamoaning 10 ta uchrashuvida atigi 12 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Flik himoyaning chap qanotida Joau Kanselu va Xavi Espartadan foydalanishni afzal ko‘rmoqda. Yuzaga kelgan vaziyat sababli Balde o‘z agenti Jorje Mendesh bilan klubdan ketish ehtimolini muhokama qilib bo‘lgan.
Balde 2022 yilning yozidan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.