Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

"Barselona"da kechikkan o‘yinchilarni jamoadan chetlatish to‘xtatildi, ammo bu futbolchilarga qimmatga tushadi

"Barselona"da kechikkan o‘yinchilarni jamoadan chetlatish to‘xtatildi, ammo bu futbolchilarga qimmatga tushadi

"Barselona" futbolchilari Pedri va Ferran Torres jamoaning bosh murabbiyi Xansi Flik davridagi intizom haqida gapirib berishdi.

"El Hormiguero" yumoristik shousi efirida futbolchilar Flik har qanday tadbirga kech qolgan o‘yinchilarni zaxiraga o‘tkazib qo‘yish odatidan voz kechganini aytishdi. Avvalroq bunday jazoga Rafinya va Markus Reshford loyiq ko‘rilgan, Jyul Kunde esa uch marta jazolangan edi.

"Punktuallikka (vaqtga rioya qilish) kelsak, bizda qoidalar biroz o‘zgardi. Agar kech qolsang, jarima to‘laysan", – dedi Pedri. Ferran esa jarimalar miqdori 40 ming yevrogacha yetishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Futbolchilarning ta’kidlashicha, Flik hatto uch soniyalik kechikishni ham kech qolish deb hisoblaydi. "20 daqiqa uchun qancha to‘lanishini tasavvur ham qilolmayman", – dedi Ferran.

Shuningdek, o‘yinchilar 61 yoshli nemis mutaxassisi futbolchilarning Tiktok-videolar olishiga va kiyinish xonasidagi sho‘xliklariga "xalaqit bermasligini" qayd etishdi.

Kiritildi: Bugun 11:23. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!