Xans-Diter Flik "Barselona"ning 11 nafar tarbiyalanuvchisini tarkibga kiritish ehtimolini bildirdi.
Kataloniya jamoasi 18 may kuni La Liganing 37-turida "Vilyarreal" bilan uchrashadi. "Ko‘k-anorranglilar" allaqachon chempionlikni ta’minlab bo‘lgan.
"Barsa" bosh murabbiyi ushbu o‘yinda asosiy tarkibda La Masiyaning 11 nafar o‘yinchisi maydonga tushishi mumkinligini istisno qilmadi.
"Ehtimol. Biz bu haqda suhbatlashdik, ammo hali qaror qabul qilmadik. Bu ham bir variant bo‘lishi mumkin," - dedi Flik.