Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barsa" yulduzi Flikka: Zaxira o‘yinchisi bo‘lmayman

"Barsa" yulduzi Flikka: Zaxira o‘yinchisi bo‘lmayman

Yarim himoyachi Dani Olmo "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka jamoadagi ikkinchi darajali roli uni qoniqtirmasligini bildirdi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachi raqobat kuchli ekanini tushunadi, ammo u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishga bel bog‘lagan.

Ispaniya La Ligasining 1-turida "Barselona" safarda "Malyorka"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Dani Olmo tanaffusda zaxiradan maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

"Barselona" navbatdagi o‘yinini 23 avgust kuni safarda "Levante"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:08 18.08.2025. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!