"Barselona" yangi futbolkalardan 1,5 mln yevrodan ko‘proq daromad qildi.
Kataloniyaliklar reper Trevis Skott bilan hamkorlikda "klasiko"ga bag‘ishlangan yangi to‘plamini chiqardi.
beIN Sports xabariga ko‘ra, futbolkalar bugun ertalab sotuvga chiqarilgan va taxminan yarim soat ichida sotib bo‘lingan. Bu saytda taqdim etilgan barcha o‘lchamlar va versiyalarga tegishli.
"Blaugrana" har biri 399,99 yevrodan 3798 ta "standart" nusxani, shuningdek, Skott tomonidan imzolangan 22 ta maxsus nusxani 2999,99 yevroga sotdi. Umumiy hisobda "Barselona" 1,58 mln yevro atrofida daromad ko‘rgan.
Bunday sotuvlarni beIN Sports rekord darajadagi sotuvlar deb ataydi.
"Barselona"ning La Liga doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yini 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.