Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barsa" Levandovski o‘rniga superto‘purar olib kelmoqchi

"Barsa" Levandovski o‘rniga superto‘purar olib kelmoqchi

"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Inglizning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida yakuniga etadi, shu bois kelasi yozdayoq u arzonlashtirilgan narxda sotuvga chiqarilishi mumkin. Transfer News Live nashrining El Nacional’ga tayanib xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku Keynni 2026 yilda Robert Levandovskining ideal o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

37 yoshli polshalikning mehnat shartnomasi roppa-rosa 2026 yilda tugaydi, biroq uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Xarri Keynning hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 75 mln yevroga baholanmoqda. Iyul oyida hujumchi 32 yoshga to‘ldi.

Kiritildi: 19:20 26.08.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!