Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Barsa"dan ketadigan 4 nafar futbolchi nomi ma’lum

"Barsa"dan ketadigan 4 nafar futbolchi nomi ma’lum

Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning rejalaridan o‘rin olmagan 4 nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, chiqish uchun ro‘yxatda Ansu Fati, Pau Viktor, Pablo Torre va Inyaki Penya bor. Nomlari tilga olingan futbolchilar allaqachon Kataloniya klubidan xabarnoma olishgan va o‘zlariga yangi klub izlashadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "Barselona" Ispaniya chempioniga aylangan edi. Shuningdek, Xans-Diter Flik shogirdlari final bahsida Madridning "Real" klubini mag‘lub etib, Qirol kubogi g‘olibiga aylandi.

Kiritildi: 17:20 14.06.2025. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!