Barchamiz sun’iy intellekt bilan birga yashashimiz va ishlashimizga to‘g‘ri keladi — Vladimir Putin.
Rossiya prezidentini g sun’iy intellekt borasidagi boshqa fikrlari:
◾️ Mutaxassislar sun’iy intellektning keng tarqalishi barchani o‘zligidan mahrum qilishi va umumiy bir qolipga tushib qolishiga olib kelishi mumkinligi haqida tobora ko‘proq xavotir bildirmoqda;
◾️ Sun’iy intellekt rivojlanishi sharoitidagi ehtimoliy “raqamli totalitarizm” ham xuddi o‘tmishdagi totalitar jamiyatlar singari mudhish va g‘ayriinsoniy tuzumga aylanadi;
◾️ Texnologiyalar insoniyat oldida ko‘plab imkoniyatlarni ochmoqda, ammo ularning o‘zi katta xavf-xatar ham hisoblanadi;
◾️ Insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, texnik taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lmaydi, biroq biz uning oqibatlarini anglab yetishimiz kerak;
◾️ Hozirdanoq harbiy sohada sun’iy intellektning o‘zi mustaqil qaror qabul qilayotgan holatlar qayd etilmoqda;
◾️ Sun’iy intellekt hech qachon insondan ustun kelolmaydi, chunki insonda sezgi va intuisiya bor. Ammo inson qaror qabul qilish tezligi borasida mashina bilan bellasha olmaydi;
◾️ Biz taraqqiyotning, shu jumladan, harbiy sohadagi yutuqlarning oqibatlarini tushunib yetishimiz kerak.