Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Barcha hokimlarga «Aqlli shahar tizimi»ni joriy qilish topshirildi

Barcha hokimlarga «Aqlli shahar tizimi»ni joriy qilish topshirildi

Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi. Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida «Aqlli shahar tizimi» ishga tushirildi.

Situasion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Kiritildi: 14:01 21.10.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!