Evropa yetakchilari Tramp-Putin uchrashuvida qatnashmoqchi, deb xabar bermoqda Politico.
Nashrning yozishicha, ayrim yevropalik yetakchilar Budapeshtda bo‘lishi mumkin bo‘lgan Tramp-Putin uchrashuvida ishtirok etishni ta’minlashga harakat qilib, Zelenskiyning u yerda bo‘lishini talab qilmoqda, chunki Yevropada Ukraina taqdirini usiz hal qilish mumkinligidan qo‘rquv kuchaymoqda.
Qayd etilishicha, ittifoqchilarning asosiy tashvishi Putin bilan ikki soatlik suhbatdan so‘ng Trampning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi pasaygani va Zelenskiyga Rossiya shartlariga rozi bo‘lishi, jumladan, Donbasning bir qismini berish uchun bosim o‘tkazishi mumkinligidir.
Evropa Ittifoqi Budapesht uchrashuvi bo‘ladigan bo‘lsa, Ukraina stolda bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. Aks holda, G‘arb nafaqat Kiyev, balki butun Yevropa uchun mag‘lubiyat bo‘ladigan tinchlikka xavf soladi, deyiladi maqolada.