Bugun 1 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Bank tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi

Bank tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi

Citigroup tasodifan mijozning hisob raqamiga 280 dollar o‘rniga 81 trillion dollar o‘tkazib yubordi.

Financial Times'ning yozishicha, to‘lov 2024 yil aprel oyida amalga oshirilgan, biroq ushbu holat bir yil o‘tgach oshkor etilgan. Shu bilan birga, to‘lovni amalga oshirgan bank xodimi ham, tranzaksiyalarni tekshirishi kerak bo‘lgan ikkinchi mansabdor shaxs ham xatoni payqamagan.

Shubhali to‘lovni tranzaksiya qayta ishlanganidan bir yarim soat o‘tgach, bankning uchinchi xodimi aniqladi, yana bir necha soat o‘tgach, o‘tkazma bekor qilindi.

Citigroup hodisa haqida Federal zaxira tizimi va Pul muomalasi nazorati boshqarmasini xabardor qilgan. Xato to‘lovni o‘tkazgan bankka ham, mijozga ham ta’sir qilmagan.

FT manbalarining ta’kidlashicha, hodisa kiritishdagi xatolik va noqulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo‘lgan zaxira tizimi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 20:02 28.02.2025. O'qildi: 2425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!