Endi bank garovida, taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uyga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun bankning alohida roziligi talab etilmaydi. Fuqarolar ushbu xizmatdan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalanishlari mumkin.
Mazkur tartib Prezidentning 2026 yil 15 iyulda qabul qilingan PQ–265-son qaroriga muvofiq joriy etildi. Shu bilan birga, mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiq qo‘yish vakolatiga ega organ ichki ishlar organlariga murojaat qilsa, ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinishi mumkin.