Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Bangladeshda “Donald Tramp” laqabli buyvol qurbonlik qilinadi

Bangladeshda “Donald Tramp” laqabli buyvol qurbonlik qilinadi

Bangladeshda “Donald Tramp” laqabli buyvol qurbonlik qilinadi — AFP.

Ushbu albinos-buyvol tashqi ko‘rinishi AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampga o‘xshashligi tufayli tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketgan. 700 kilogrammlik buqa Bangladesh poytaxti Dakka yaqinidagi fermada yashaydi.

Tabiatda albinos-buyvollar juda kam uchraydi, buning ustiga u Trampnikiga o‘xshash soch turmagiga ham ega. Shu sababli egalari buqaga “Donald Tramp” deb laqab qo‘yishgan.

"Yaqin kunlarda aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo‘lgan Bangladeshda Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi. “Donald Tramp” ham boshqa chorvalar qatori qurbonlik uchun so‘yilishi rejalashtirilgan", deya yozmoqda AFP.

Kiritildi: Bugun 19:54. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!