Balikesirda yuz bergan zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 29 kishi jarohat oldi — Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya.
IIV Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, 6,1 magnitudali zilziladan so‘ng aynan Balikesirning Sindirgi hududida yana o‘nlab aftershok qayd etilgan. Ularning eng kuchlisi 4,4 magnitudali bo‘lgan.
Zilzila natijasida 68 ta qishloq mahallasida 16 ta bino shikastlangan. Ulardan 12 tasi tashlandiq bo‘lgan, 4 tasida esa insonlar yashagan.