Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Bakalavr imtihoni ballari asosida texnikum tanlash muddati qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

Bakalavr imtihoni ballari asosida texnikum tanlash muddati qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

Bakalavr kirish imtihonida to‘plagan ball bilan tibbiyot texnikumlarini tanlash 28 avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Bu haqda 20 avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (tibbiyot texnikumlari) o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkaziladi.

Bunda my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25 iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, tibbiyot texnikumlariga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Qabul quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

Biologiya + kimyo yoki kimyo + biologiya asosiy fan blokini tanlagan abituriyentlar — jami to‘plagan ballar bo‘yicha.
Asosiy fanlar blokida biologiya yoki kimyo bo‘lmagan abituriyentlar — majburiy fanlar (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha to‘plagan ballari asosida mutaxassisliklarni tanlashi mumkin.
Tibbiyot texnikumlarini tanlash my.uzbmb.uz saytida 28 avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Tibbiyotdan boshqa texnikumlarga qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025 yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Saralash imtihonlari kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun yozma imtihon shaklida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 ming 114 ta (shundan 66 ming 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan kunduzgi ta’limga 102 ming 194 ta (49 ming 234 ta davlat granti) o‘rin ajratilgan. O‘z navbatida kechki ta’limga 2 ming 250 ta, dual ta’lim shakliga 38 ming 670 ta (17 ming 250 ta davlat granti) kvota berilgan.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!