Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kuni O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli yakunlandi — terma jamoa 5 oltin, 5 kumush va 6 bronza medal qo‘lga kiritdi

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal — 5 oltin, 5 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin medallar:

Munisbek Davletov (og‘ir atletika, –88 kg, dast ko‘tarish)
Munisbek Davletov (og‘ir atletika, –88 kg, siltab ko‘tarish)
Dilafro‘z Boltaboyeva (dzyudo, –40 kg)
Abubakr Sattorov (dzyudo, –55 kg)
Bunyod Rufatov (erkin kurash, –80 kg)

Kumush medallar:

Alina Kolyucheva (dzyudo, –44 kg)
Davlat Axrorov (dzyudo, –60 kg)
Shahobiddin Nurmanov (erkin kurash, –48 kg)
Shohista Shonazarova (erkin kurash, –43 kg)
Shahnoza Haydarova (og‘ir atletika, –69 kg, dast ko‘tarish)

Bronza medallar:

Shohjahon Usmonov (dzyudo, –50 kg)
Zuhra Alimova (dzyudo, –52 kg)
Abdumalik Jaloldinov (erkin kurash, –55 kg)
Shohiddin Aliyev (erkin kurash, –65 kg)
Dilnura Avezova (erkin kurash, –57 kg)
Muhayyo Rahimjonova (erkin kurash, –69 kg)

Musobaqalarning bugungi kunida O‘zbekiston delegasiyasi og‘ir atletika, jiu-jitsu, dzyudo, suzish, boks, futzal va gandbol dasturlarida ishtirok etadi.

Kiritildi: 12:00 30.10.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!