Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Bahodir Jalolov Rossiyada o‘tayotgan musobaqada raqibini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Rossiyaning Qozon shahrida BRICS sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasi 21 iyun kuni o‘z ishtirokini o‘tkazdi. 13 nafar bokschi raqiblariga qarshi ringga ko‘tarildi.

+92 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov rossiyalik David Surovni mag‘lub etdi.

21 iyun kun natijalariga ko‘ra quyidagi bokschilar finalga yo‘l oldi:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev

-54 kg: Shahzod Muzafarov

-57 kg: Hudoynazar Fayzov

-60 kg: Dilshod Abdumurodov

-67 kg: Shavkatjon Boltaev

-71 kg: Havasbek Asadullayev

-75 kg: Javohir Ummataliyev

-80 kg: To‘rabek Habibullayev

-92 kg: Madiyar Saydrahimov

+92 kg: Bahodir Jalolov

-54 kg: Nigina O‘ktamova

-75 kg: Aziza Zokirova

Bronza medallariga ega chiqqan o‘zbekistonliklar:

-51 kg: Asilbek Jalilov

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov

-86 kg: Shohjahon Abdullayev

-52 kg: Feruza Kazakova

-57 kg: Sitora Turdibekova

-63 kg: Dilfuza Bekova

-70 kg: Mavluda Movlonova

-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Ertaga musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 00:29 22.06.2024. O'qildi: 9458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!