Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Bahodir Jalolov Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashadimi?

Bahodir Jalolov Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashadimi?

Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov Los-Anjeles Olimpiadasi haqida gapirdi.

"Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Hozircha nima deyishni bilmayman. Vaqti kelganda qaror qabul qilinadi. Biz Los-Anjeles haqida o‘ylayapmiz. Men tarixga kirish uchun uch karra Olimpiada chempioni bo‘lishni istardim, lekin hozir men uchun professional boks muhimroq", - dedi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng havaskor boksdan ketishini va prof ringda faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 11:41 22.03.2025. O'qildi: 1021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!