Prof boksning super og‘ir vazn toifasida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov kecha navbatdagi jangini o‘tkazdi.
30 yoshli hamyurtimiz Qozog‘istonning Astana shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor Shevazuskiyga qarshi bahs olib borib, hakamlarning yakdil qarori evaziga jangda g‘olib bo‘ldi.
Jang yakunida tarqalgan videoga ko‘ra, Bahodir bellashuvning ikkinchi raundida qo‘lidan jarohat olgan.
Ma’lumot o‘rnida, kechagi bahs orqali Jalolov professional boksdagi 15-jangida 15-g‘alabasini nishonladi. Shevazuskiy esa prof karyerasidagi uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.