Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Bahodir Jalolov 9 avgust kuni AQShda jang qiladi

Bahodir Jalolov 9 avgust kuni AQShda jang qiladi

O‘zbekistonlik super og‘ir vaznli bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bo‘yicha ma’lumot berildi.

BoxRec internet portalining xabar berishicha, Big Uzbek 10 avgust tongida AQShning Kaliforniya shtati, Pomona shahrida joylashgan Fox Theater Pomona majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida ringga ko‘tariladi.

Hozircha unga kim raqib bo‘lishi ko‘rsatilmagan.

Jalolov aslida, 27 iyul tongida Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasi mezbonlik qilgan turnir doirasida italiyalik Janmarko Kardilyo bilan jang qilishi kerak edi, biroq bu bahs raqibning sog‘lig‘idagi muammolar sabab bekor qilingandi.

Kiritildi: 10:14 30.07.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!