Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bahodir Ahmedov san’atkorlarga: "Allohning uyiga ibodatga borib, o‘zingni videoga olib, reklama qilasan? Qanday qilib?" (VIDEO)

Bahodir Ahmedov san’atkorlarga: "Allohning uyiga ibodatga borib, o‘zingni videoga olib, reklama qilasan? Qanday qilib?" (VIDEO)

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bir guruh san’atkorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi. Unda san’atdagi muammoli vaziyatlar, saviyasiz ijod, ayrim xonandalarning axloqsiz videolar haqida keskin fikrlar aytildi.

— Bir paytlar ustozlar yaratib ketgan san’at bilan maqtanishni bilamiz. O‘rni kelganda o‘sha san’atni asray olish ham qo‘limizdan kelmadi. Yozish, gapirish hammaning qo‘lidan keladi. Ammo ko‘chada birov tamaki qoldig‘ini yerga tashlayotganda “Kechirasan og‘ayni, yerdan yaralganmiz va unga qaytamiz. Tashlaganingni ol”, deyolmaymiz. G‘ayridin davlatlarida esa odamlar bunga befarq emas.
Konsertdan keyin “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining zalini ko‘rib bo‘lmaydi. Hatto, san’atkorlar o‘tiradigan joy ham bo‘sh plastmas idishlarga to‘la bo‘ladi. Yapon futbolchilari o‘yindan keyin hamma yerni yig‘ishtirib, chiqindilarni yig‘ib, ta’zim bilan maydondan chiqib ketadi. Nega bizda ana o‘shandan madaniyat yo‘q, — deydi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.

U san’atkorlarning saviyasiz ijod namunalari va sahnada aytilayotgan “yalong‘och gap”larni ham keskin tanqid qildi.

Bahodir Ahmedov san’atkorlarga: "Allohning uyiga ibodatga borib, o‘zingni videoga olib, reklama qilasan? Qanday qilib?" (VIDEO)

Foto: “Daryo”

— Bayram o‘tkazilgandan keyin san’atkorlarning o‘zi “Yana eski qo‘shiqni olib chiqishdi”, deb gap qilishadi. Ijod bo‘lmaganidan keyin nima qilish kerak?! Shoir yo‘qmi? Shuncha kitoblar, she’rlar bor. Yoki u bu kim Alisher Navoiyning g‘azallarini yashirib qo‘yganmi? Mantig‘i yo‘q qo‘shiqlarni aytib turib aqllilik qilish kerak emas. Mentalitetga xos, ota-onalar bilan o‘tirib mazza qilib eshitadigan qo‘shiqlarni aytish vaqti kelmadimi? Sahna yalong‘och gaplarni aytib kuldiradigan yoki o‘ynaydigan joy emas, — deydi vazir o‘rinbosari.

Davra suhbatida Umra safariga borib, ibodatini xalqqa ko‘z-ko‘z qilayotgan ba’zi san’atkorlar ham keskin tanqid ostiga olindi.

Bahodir Ahmedov san’atkorlarga: "Allohning uyiga ibodatga borib, o‘zingni videoga olib, reklama qilasan? Qanday qilib?" (VIDEO)

Foto: “Daryo”

— Allohning uyiga borib, ibodatingizni qiling. Rasmga olib, o‘zingizni reklama qilish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmang. Allohim eshiklarini ochibdi, o‘sha yerga borish nasib etibdi. Bu imkonyatdan to‘g‘ri foydalanish, ibodatni ko‘ngildagidek ado etish kerak. Ammo ba’zi san’atkorlar bundan ham o‘z maqsadida foydalanyapti, — deydi vazir o‘rinbosari.

Bundan tashqari, Bahodir Ahmedov rahbarlar tayinlovidan norozi bo‘layotgan va vazirlik ishini keng jamoatchilik bilan muhokama qilayotgan ba’zi san’atkorlar haqida ham o‘z mulohazalarini aytib o‘tdi.

Bahodir Ahmedov san’atkorlarga: "Allohning uyiga ibodatga borib, o‘zingni videoga olib, reklama qilasan? Qanday qilib?" (VIDEO)

Foto: “Daryo”

— Ozodbek Nazarbekovga rahbarlik nega kerak? Bugun ham to‘rtta yerga bannerini ilib, 20 kun konsert bersa ham zal tomoshabin bilan to‘ladi. Har kuni Tojikiston yoki boshqa qo‘shni respublikalardan konsert qilish bo‘yicha takliflar keladi. Bu inson san’atga befarq bo‘lmagani uchun rahbarlik kursisida o‘tiribdi. Vazirlik ishini jamoatchilik bilan muhokama qilayotgan insonlar marhamat, bir kun shu kursida o‘tirib, og‘irligini his qilib ko‘rsin. Mana hozir, 7 ta teatrga rahbar kerak, kim boradi? Ijodkorlarga taklif qilsak, “Qo‘ying, kerak emas, boshog‘riq, tinchgina ijodimni qilib yuray”, deydi. Ammo yozib-chizish, orqadan gap qilishni bilishadi.
Bir yili yosh san’atkor Yodgor Sadiyevning gapini aytib chiqqandi. “Sen avval o‘sha insonning yoshiga kir, ikkita roling bilan xalqning ko‘nglidan joy ol”, deganman. Jahli chiqqanda hamma qattiq gapirib yuboradi. Rahbar ham oddiy odam, u ham kamchiliklardan holi emas, — deydi vazir o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.

Kiritildi: 11:08 28.02.2023. O'qildi: 7057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!