Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

BAAda Qur’oni Karim Akademiyasi ochildi

BAAda Qur’oni Karim Akademiyasi ochildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida dunyodagi eng yirik akademiyalardan biri hisoblangan Qur’on Akademiyasi ochildi.

Bu haqda islam.ru nashriga asoslanib "islom.uz" xabar berdi.

Akademiyaning ochilish marosimida Sharja Oliy Kengashi a’zosi va shayx Sulton bin Muhammad Al Qosimiy ishtirok etdi.

Bino maydoni 75000 kvadrat metr bo‘lib, 34 gumbazli sakkiz qirrali yulduz shaklida qurilgan. Bu yerda yettita tarixiy muzey foydalanishga topshirildi.

Hozirda muzeyda Qur’oni Karimning 308 nusxasi va arxeologik qo‘lyozmalar namoyish etilmoqda. Shuningdek, taxminan hijriy 970 yilda Muqaddas Ka’bani yopib qo‘yishda foydalanilgan qora mato bo‘lgan eng qadimiy kisva va boshqa qiziqarli asarlar bor.

Tadbirda so‘zga chiqqan Sharja Oliy Kengashi a’zosi aholini Qur’on Akademiyasiga tashrif buyurishlarini va muqaddas bitiklarning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishlarini taklif etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Kiritildi: 20:15 30.12.2020. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!